Daryo

Eronda koronavirusni yarim daqiqada aniqlovchi nanotest yaratildi

Ta’kidlanishicha, mazkur test-tizim COVID-19 va boshqa viruslarni dastlabki bosqichdayoq aniqlay oladi

1 daqiqa o‘qish57 236 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Taghribnews

Eronlik olimlar nanomateriallardan foydalangan holda koronavirusni yarim daqiqada aniqlashga qodir test-tizimni yaratdi, deb xabar beradi Mehr agentligi.

Foto: Tehron Times

Mazkur yangilik 12-may kuni Eronning fan va texnologiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti Soren Sattoriy ishtirok etgan marosimda taqdim etilgan.

Nanotest koronavirus bor yoki yo‘qligini 95 foiz aniqlikda 30 soniya ichida aniqlay oladi.

Ta’kidlanishicha, mazkur test-tizim COVID-19 va boshqa viruslarni dastlabki bosqichdayoq aniqlay oladi.

Nanotexnologiyalar sohasidagi ilmiy ixtirolar kompaniyasi tomonidan yaratilgan test-tizim hozircha sertifikatdan o‘tmagan.

Avvalroq Bosch’ga tarkibiy qismlarini yetkazib beruvchi kompaniya koronavirusni aniqlovchi ekspress-testni yaratgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar