Daryo

AQShda marixuanadan tayyorlangan “naushnik”lar sotuvga chiqariladi

Bunday quloqchinlarning narxi — 420 dollar

1 daqiqa o‘qish78 714 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The Verge

Amerikaning Grado Labs kompaniyasi “kosa”lari marixuanadan tayyorlangan “naushnik”larni sotuvga chiqaradi, deb yozadi The Verge.

Foto: The Verge

Hemp headphones nomini olgan model cheklangan miqdorda sotuvga chiqariladi. Bunday quloqchinlarning narxi — 420 dollar.

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, “naushnik”larni ishlab chiqarishda nashadan tashqari, zarang o‘simligidan ham foydalanilgan. Aynan ushbu o‘simlik tufayli quloqchinlar mustahkamlik kasb etib, ovoz chiqish jarayoni ham normallashgan.

Foto: The Verge

Qurilmaning bosh ustida turadigan qismi esa charmdan ishlangan.

Hemp headphones quloqchinlari iyun oxirida sotuvga chiqariladi.

Mavzuga doir: Shveysariyalik olimlar nafas olish oson bo‘lgan shaffof tibbiy niqobni yaratdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar