Daryo

Xiaomi Mi 10 Pro smartfoni Everestga yo‘l oldi

Bunga qadar qurilma kosmosdan turib Yer sayyorasini suratga olgandi

1 daqiqa o‘qish54 250 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Gizmochina

Kosmosga chiqib Yer sayyorasining ajoyib suratlari bilan bo‘lishgan Xiaomi Mi 10 Pro Everest tog‘iga yo‘l oladigan bo‘ldi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: Gizmochina

Everest koronavirus pandemiyasi sabab oxirgi bir necha oy davomida ham Xitoy, ham Nepal tomonidan yopilgan edi. Biroq Xitoy ekspeditsiya guruhi uchun Tibet joylashgan o‘z tomonini ochdi.

Yaqinda 30 kishidan iborat xitoylik geodezistlar jamoasi 5200 metr balandlikdagi bazaviy lagerga chiqib, cho‘qqidagi harorat natijalarini ko‘rishga urindi. Everest tog‘ining eng yuqori nuqtasi o‘z asosidan 8848 metr balandlikda joylashgan. Agarda bu muvaffaqiyatli yakunlansa, Xitoydagi professional geodezistlarning ilk bor Everest cho‘qqisiga chiqishi sifatida tarixda qoladi.

Mavzuga doir: Xiaomi koronavirus sababli Mi 10 va Mi 10 Pro smartfonlari taqdimotini jonli efirda o‘tkazdi

Jamoa o‘zi bilan Xiaomi Mi 10 Pro flagman smartfonini olgan. Bunga qadar qurilma kosmosdan turib Yer sayyorasini suratga olgandi. Quyida Mi 10 Pro tomonidan bazaviy lagerda olingan suratlar keltirilgan:
Foto: Gizmochina
Foto: Gizmochina
Foto: Gizmochina
Foto: Gizmochina
Foto: Gizmochina
Foto: Gizmochina
Foto: Gizmochina
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar