So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12305.17
    • RUB 131.98
    • EUR 13278.51
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      -2°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev iste’foga chiqdi

    15.06.2020, 23:59 38140

    Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev iste’foga chiqdi. Bu haqda mamlakat hukumatining matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Inbusiness

    Foto: Inbusiness

    “Mamlakatda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga, uning iqtisodiyotga qilayotgan salbiy ta’sirini barataraf qilish uchun jiddiy kurash ketayotgan bugungi og‘ir sharoitda hukumat barqaror ishlashi va fuqarolarning ishonchini oqlashi lozim, ammo mavhum vaziyat hukumatning to‘liq ishlashiga halaqit qilmoqda. Ushbu holatdan kelib chiqib Qirg‘iziston bosh vaziri vakolatlarini topshirishga qaror qildim”, — deyiladi Abilgaziyevning bayonotida.

    Abilgaziyev radiochastota resurslaridan noqonuniy foydalanish va uni uzaytirishga aloqasi yo‘qligini qayd etgan.

    “Menga nisbatan aytilayotgan gumon va ayblovlar hech qanday asosga ega emas”, — degan u.

    Sobiq bosh vazirning aytishicha, ikki haftalik ta’til vaqtida tergov organlari unga murojaat qilmagan. Abilgaziyevning mobil aloqa chastotalaridan foydalanishda korrupsiyaga aralashgani gumon qilingan va u 27-maydan tergovning bosimidan xoli bo‘lish maqsadida ta’tilga chiqqan.

    Aprel boshida Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi Aloqa va axborot texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘yilganligi yuzasidan sud jarayonigacha surishtiruv ishlari boshlangan. Ushbu idoralardagi amaldorlar xususiy kompaniyalar vakillari bilan kelishib, belgilangan qonunchilikni buzganlikda, radiochastota spektridan foydalanish litsenziyasini rasmiylashtirishda lobbizmga yo‘l qo‘yganlikda gumon qilinmoqda.

    Abilgaziyev 2018-yil aprel oyidan beri hukumat rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

    Mavzuga doir: Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri va bosh vazir o‘rinbosari o‘z lavozimlaridan ozod etildi

    Qirg‘iziston OAVning yozishicha, martda Sky Mobile (Beeline savdo belgisi) kompaniyasi 1,8 million AQSh dollari evaziga Ala-TV’ni sotib olgan va u bilan birgalikda kabel televideniyesi efiri uchun 200 MGts radiochastota spektri litsenziyasini ham qo‘lga kiritgan. Keyinroq uyali aloqa kompaniyasi Aloqa va axborot texnologiyalari davlat qo‘mitasi orqali radiochastota litsenziyasini 4G xizmatlari uchun qayta rasmiylashtirgan. Oqibatda davlatga 5 milliard qirg‘iz so‘mi (67,5 million dollar) zarar yetkazilgan.

    “24.kg” Qirg‘iziston axborot agentligi o‘z manbalariga tayangan holda jinoiy ishga aloqadorlikda gumon qilinib, Aloqa va telekommunikatsiyalar davlat qo‘mitasining aloqa agentligi sobiq direktori Natalya Chernogubova, qo‘mitaning ikki nafar xodimi hamda Ala-TV kompaniyasi rahbari hibsga olinganini xabar qilgan.

    Mavzuga doir: Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Arsenal” safarda “Aston Villa”ga mag‘lub bo‘ldi

    Bugun, 00:27

    A Seriya. “Milan” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Atalanta”ga mag‘lub bo‘ldi

    Kecha, 23:58

    “Mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch bu — ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir” — Shavkat Mirziyoyev

    Kecha, 23:31

    O‘zbekistonning birinchi ayol kinorejissori Qamara Kamolova 85 yoshga to‘ldi

    Kecha, 23:21

    La Liga. “Real” safarda “Betis” bilan durang o‘ynadi (video)

    Kecha, 23:13

    APL. “Manchester Yunayted” o‘z maydonida yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi, “Liverpul”da irodali g‘alaba (video)

    Kecha, 23:04

    Ohak ishlab chiqarish sexi va issiqxona gazdan noqonuniy foydalanib, 876 mln so‘mlik zarar yetkazdi

    Kecha, 23:00

    Akula hujumidan halok bo‘lgan sayyoh, polda yotgan yaradorlar, bitiruv marosimidagi itlar — hafta suratlari

    Kecha, 22:37

    O‘zbekiston elchisi Polsha prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

    Kecha, 22:36

    Fitch Toshkent shahrining “barqaror” reytingini bekor qildi

    Kecha, 21:45

    Tavsiya etamiz

    Akula hujumidan halok bo‘lgan sayyoh, polda yotgan yaradorlar, bitiruv marosimidagi itlar — hafta suratlari

    22:00 / 09.12.2023

    Yoqib yuborilgan shayton, reydda halok bo‘lgan falastinliklar, firibgarlikda ayblanayotgan sobiq prezident — 8-dekabr suratlari

    22:00 / 08.12.2023

    Ruhiy xasta ota-onasiga qarayotgan bemor yigit xalqdan yordam so‘ramoqda (video)

    11:00 / 08.12.2023

    Politsiya otib o‘ldirgan talaba qiz, AQSH-Meksika chegarasidagi migrantlar, Dakkadagi tirbandlik — 7-dekabr suratlari

    23:00 / 07.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.