Daryo

Xiaomi 40 dollardan arzonroq turuvchi “aqlli” kameralarni taqdim etdi

Qurilma xira yoritilgan sharoitda ham tiniq tasvirga olish imkoniga ega

1 daqiqa o‘qish95 500 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Gizmochina

Xiaomi bir juft yuqori tiniqlikka ega va hamyonbop Mi Smart PTZ qulay kameralarini taqdim etdi, deb yozadi Gizmochina.

Foto: Gizmochina

Xiaomi tomonidan taqdim etilgan kameralar orasidan Mi Smart Camera PTZ va Mi Smart Camera PTZ Pro o‘rin olgan. Qurilmalarni ichki tarmoqqa ulab, ulardan uy uchun videokuzatuv kamerasi sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Tasvirni ko‘rish masofadan turib amalga oshiriladi. Shuningdek, kameralar o‘z egasiga uyga kim kirganini ham xabar bera oladi.

Mi Smart Camera PTZ 3 megapikselli F/1.4 diafragmadan foydalanadi. Qurilma xira yoritilgan sharoitda ham tiniq tasvirga olish imkoniga ega. Bundan tashqari, kamerada 360 darajaga aylanib, 2K sifatli tasvirni olish “qobiliyati” bor.

Kameraning Pro-versiyasida Bluetooth hamda Wi-Fi orqali ulanish imkoniyati ham mavjud. Olingan surat tasvirlangan standart modifikatsiyadan deyarli farq qilmaydi.

Mavzuga doir: Xiaomi simsiz Air 2S naushniklarini taqdim etdi. U bir marta quvvatlanish orqali 24 soat ishlay oladi

Mi Smart Camera PTZ’ni 199 yuan (27 dollar) evaziga, PTZ Pro’ni esa 249 yuan (35 dollar)dan buyurtma qilish mumkin.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar