Daryo

O‘zbekistonda yozgi transferlar oynasi muddati o‘zgardi

PFL koronavirus tufayli 2020-yilgi yozgi transferlar oynasi muddatini o‘zgartirdi

1 daqiqa o‘qish23 234 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: PFL

Professional futbol ligasi (PFL) koronavirus tufayli yuzagan kelgan tanaffus sabab 2020-yilgi yozgi transferlar oynasi muddatini o‘zgartirdi.

PFL matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda yozgi transferlar oynasi iyul oyidan avgustga ko‘chirilgan. Shu tariqa transfer oynasi 10—31-avgust oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, aslida O‘zbekistonda yozgi transfer mavsumi 6—31-iyul oralig‘ida amalda bo‘lardi.

Mart oyida to‘xtab qolgan Superliga bahslariga 13-iyundan qayta start beriladi.

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar