Daryo

Italiya A Seriyasida yozgi transferlar oynasi vaqti o‘zgardi

Yozgi transferlar oynasi kuzga ko‘chirildi

1 daqiqa o‘qish13 694 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Italiya futbol federatsiyasi ijroqo‘mi koronavirus sabab A Seriya joriy mavsumi cho‘zilgani bois, yozgi transfer oynasi muddatini o‘zgartirdi, deya xabar qilmoqda Corriere dello Sport.

Yozgi transferlar oynasi kuzga ko‘chirildi va 1-sentabrdan 5-oktabrga qadar davom etadi. Qishki transferlar esa 4—31-yanvar oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, A Seriya 2019/20-yilgi mavsumiga 20-iyun kuni restart beriladi. Unda 25-turning qoldirilgan o‘yinlari bo‘lid o‘tadi. Unga qadar Italiya Kubogining yarim final (12-13-iyun) va final (17-iyun) bahslari o‘tkaziladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar