Zamonaviy dizaynerlar tomonidan taqdim qilingan kolleksiya va trendlarga nazar tashlansa, o‘tgan asrdan ilhom va andoza olinganini payqash mumkin. Quyida e’tiboringizga 40-yillarda urf bo‘lgan va oradan shuncha vaqt o‘tib yana dolzarb bo‘lgan trendlarga to‘xtalamiz.
Qalam ko‘rinishini esga soluvchi yubka

Nozik jins vakillari qomatini yanada chiroyli qilib ko‘rsatadigan mazkur yubka, 2020-yilning bahor-yoz mavsumida har doimgidan ham dolzarbroq. Qalam ko‘rinishini esga soluvchi yubkani, ofis uchun poshnali tufli va bluzka bilan, sayr uchun top va krossovka bilan moslash mumkin.
Kardigan

40-yillarda, ayollik nafosatini aks ettiradigan liboslar, xususan, kardiganlar urfda bo‘lgan. Kardigan bilan nafaqat moda borasida o‘ziga xos didli fransuzlar, balki nafislikni qadrlovchi har qanday ayol-qizlar obraz yaratishni xush ko‘rgan.
Midi uzunligidagi liboslar

Bashang va nazokatli ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan midi, ya’ni tizzadan pastga tushib turuvchi ko‘ylaklarni minimal uslubdagi bosonojka yoki sport uslubidagi oyoq kiyim bilan ham moslasa bo‘ladi. Vintaj uslubidagi ko‘zoynak taqilsa bormi, siz moda borasida didingiz chakki emasligini isbotlagan bo‘lasiz.
Lofyer

Mazkur yilning eng dolzarb poyabzali hisoblangan lofyerni, shim, yubka hatto shortik bilan ham kiysa bo‘ladi. Lofyer tanlaganda uning qulayligiga e’tibor bering. Asosan qora, jigarrang va kulrangidan tanlash va u bilan oq, olcha rang liboslarni moslash tavsiya qilinadi.
Xol-xol printli liboslar









