Daryo

Hindistonda maymunlar koronavirusga gumon qilingan bemorning qon namunasini o‘g‘irlab ketdi

Shifokorlarning xavotiriga ko‘ra, agar namunalarda koronavirus bo‘lsa, virus maymunlarga yuqishi mumkin

1 daqiqa o‘qish50 906 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bir nechta maymun koronavirusga gumon qilingan bemorlarning qon namunalarini laboratoriyaga olib ketayotgan laborantga hujum qildi va uchta test namunasini olib qochib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Hodisa 29-may kuni Uttar-Pradesh shtatidagi Meeruta tibbiyot kollejida yuz bergan. Shifokorlarning xavotiriga ko‘ra, agar namunalarda koronavirus bo‘lsa, virus maymunlarga yuqishi mumkin. Shuningdek, shifokorlar avval ham maymunlar mazkur markazdan turli buyumlarni o‘g‘irlab ketganini ta’kidlagan.

Hindiston OAVlarida paydo bo‘lgan videoda maymunlardan biri namuna olish uchun ishlatiladigan to‘plamlardan birini chaynayotgani ko‘ringan.

Shtat politsiyasi maymunlar koronavirusda gumon qilingan bemorlarning qon namunalarini o‘g‘irlab ketganini, maymunlar esa ushlanmaganini tasdiqlagan. Politsiya hodisa yuzasidan surishtiruv boshlagan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar