Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koronavirus sababli Tailandda turizm inqirozga uchragani va turistlarning kamayib ketishi natijasida mazkur mamlakatdagi maymunlar och qolmoqda. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hayvonlar ulkan to‘da bo‘lib, hatto ozgina ovqat uchun bir-birini o‘ldirishga ham tayyor bo‘lmoqda.

Qayd etilishicha, hayvonlarning fe’l-atvoriga odatlangan tailandliklar maymunlarning shafqatsizligidan hayratda qolmoqda. Maymunlar kimning qo‘lida yegulik ko‘rsa, uni g‘ajib tashlashga ham tayyor.

Lopburi shahrida minglab yovvoyi maymunlar ko‘chalarda aylanib yuradi va qadimgi Budda ibodatxonalarida yashaydi. Tashrif buyurgan sayyohlar hayvonlarni ovqatlantirgan va ularning soni ko‘p bo‘lganligi sababli maymunlar ovqat tanqisligini sezishmagan. Koronavirus tarqalishi sababli Tailandga sayyohlar oqimi 44 foizga kamayib ketdi.

Avvalroq Tailand koronavirus sababli 18 ta davlat, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatgan edi. Shuningdek, koronavirus sababli Tailandga keladigan sayyohlar sonining 6 million kishiga kamayishi kutilayotgan edi. Tailand davlat xizmatchilariga xizmat safarlarini cheklagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?