Daryo

Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqdi

Mamlakatda kasallanganlar soni 232 243 nafarga yetdi

1 daqiqa o‘qish140 126 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

Rossiyada 12-may tongi holatga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 232 243 nafarga yetdi, sutka davomida kasallanganlar soni 10 899 kishiga oshgan. Bu haqda koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha federal shtab xabar berdi.

Foto: AP Photo

Yangi kasallanish holatlarining aksariyati Moskvada (5 392 ta) va Moskva viloyatida (1 063 ta) qayd etilgan.

Epidemiya boshlanganidan buyon mamlakatda 2 116 kishi, jumladan, o‘tgan sutkada 107 nafar bemor vafot etdi. Umumiy hisobda 43 512 kishi, sutka davomida 3 711 kishi sog‘aydi.

Shunday qilib, Rossiya dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Ispaniya (227 ming),  Buyuk Britaniya (224 ming) va Italiyani (219 ming) ortda qoldirib, AQShdan (1,3 million) so‘ng ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 7-may kuni koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘ringa ko‘tarilgandi, 11-may kuni esa yana 2 pog‘ona ko‘tarilib, 3-o‘rinni egallagandi. Mamlakatda ketma-ket 9 kundan buyon kunlik kasallanishlar soni 10 ming kishidan oshmoqda.

Mavzuga doir: Rossiyada koronavirus kasalligi ayollarga nisbatan erkaklarda og‘irroq o‘tayotgani ma’lum qilindi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar