Daryo

Olimlar Marsdan Yerga tushishi mumkin bo‘lgan viruslardan ogohlantirdi

NASA taxminan 2035-yilda odamlarni Marsga jo‘natishni rejalashtirmoqda

1 daqiqa o‘qish108 526 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: NASA

Stenford universiteti professori Skott Xabbard Marsdan Yerga sayyora namunalari bilan yangi viruslar tushishi mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Foto: NASA

Olimning so‘zlariga ko‘ra, boshqa sayyoradan viruslarning tuproq, kosmik kemalar, shuningdek, astronavtlar bilan Yerga tushishiga imkon bermaydigan muayyan protokollarni ishlab chiqish kerak.

“Barcha tizimlar qator kimyoviy tozalashlardan o‘tkazilishi, shuningdek, issiq sterilizatsiya qilinishi kerak. Namunalar solingan probirkalar xuddi ularda Ebola virusi bordek ishlov berilishi lozim”, — deydi Xabbard.

Shu bilan birga professor Mars yuzasidan terib olingan toshlar bilan virusning olib kirilishi ehtimoli juda kamligini qayd etdi.

NASA taxminan 2035-yilda odamlarni Marsga jo‘natishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga doir: Marsda Xitoy “ajdari” topildi (foto)

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar