Daryo

Marsda Xitoy “ajdari” topildi (foto)

Suratlar 2007-yilning iyulida olingan, biroq dastlabki rakurs tadqiqotchilarga qiziqarli detalni payqash imkonini bermagan

1 daqiqa o‘qish141 358 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Arizona universiteti

Marsni razvedka qilishga yuborilgan HiRES kamerali sun’iy yo‘ldosh “Qizil sayyora” yuzasining janubi-g‘arbiy qismida, Melas Chashma kanyonida, noodatiy suratlarni tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi. Suratlar Arizona universitetining saytida e’lon qilindi.

Foto: Arizona universiteti

Suratlar 2007-yilning iyulida olingan, biroq dastlabki rakurs tadqiqotchilarga qiziqarli detalni payqash imkonini bermagan. Olimlarning aniqlashicha, suratga olingan hudud relyefi Xitoy ajdarining chizgilarni yodga soladi.

“Biz Melas Chashma janubi-g‘arbidagi materialning suratini ag‘darib ko‘rganimizda u afsonaviy Xitoy ajdarining ko‘rinishini yodga solib yubordi”, — deydi tadqiqotchilar.

Bu Mars yuzasida duch kelingan birinchi g‘ayrioddiy topilma emas. Bunga qadar tadqiqotchilar “Pakmen”ni, shuningdek, “Yulduzli yo‘l” serialidagi yulduzli flotning logotipiga ham duch kelgan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar