Rossiyada so‘nggi bir sutka ichida 10 102 kishida koronavirus aniqlanib, kasallanganlarning umumiy soni 155 370 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Kasallikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab.
Unga ko‘ra, so‘nggi sutkada mamlakat bo‘ylab 1 770 nafar bermor tuzalgan, 95 kishi vafot etgan. Koronavirusga chalinganlarning qariyb yarmida kasallik belgilari kuzatilmagani ta’kidlangan.
Moskvada 52 kishi, Moskva viloyatida esa 16 kishi kasallikdan vafot etgan. Poytaxt kasallanganlar soni bo‘yicha ham birinchi o‘rinda turibdi.
Mavzuga doir: Moskva meri ayni paytda shahar aholisining qancha qismi koronavirusga chalinganini ma’lum qildi
Butun dunyo bo‘ylab esa koronavirusga chalinganlar soni 3,5 million nafardan oshib ketdi.