O‘zbekistondagi yosh onalarni “Koinot tabassumi—2021” xalqaro go‘zallik tanlovida ishtirok etishga chorlashmoqda, deb yozmoqda “Sputnik”.
Tanlov shartlariga ko‘ra, nomzodlar 23 dan 45 yoshgacha bo‘lishi kerak. Tanlov yosh onalar uchun mo‘ljallangani tufayli ishtirokchilar kamida bir nafar farzandi bo‘lgan ayollar orasidan saralab olinadi.
Arizani tanlov sayti orqali qoldirish mumkin.
Ishtirokchilarga go‘zallik tanlovi prodyuseri — Leonid Xromov, “Koinot tabassumi—2020” unvoni sohibasi qrimlik Anastasiya Kosenko, rossiyalik xonanda, aktrisa, teleboshlovchi va jonli Barbi bo‘lgan Tanya Tuzova hamda oldingi mavsumning ko‘plab g‘oliblari baho berishlari kutilmoqda.
Beshinchi bor o‘tkaziladigan festival final bosqichi taxminan 2021-yilning yanvar-fevral oylarida Moskvadagi konsert zallarining birida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)