Daryo

AQSh neft inqirozining asosiy aybdori deb topildi

Bunday xulosa Citi ekspertlari tomonidan tayyorlangan hisobotda keltirilgan

1 daqiqa o‘qish64 620 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Kommersant”

Tahlilchilar AQShni neft bozorida ro‘y berayotgan inqirozning asosiy aybdori deb atadi. Bunday xulosa Citi ekspertlari tomonidan tayyorlangan hisobotda keltirilgan.

Foto: “Kommersant”

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, avvalboshdan AQShning nafsoniyati va Amerika tomonidan neft qazib olishning ko‘paytirilishi bozorda taklifning ortishiga va uni qisqartirish orqali xomashyo narxini sun’iy ravishda ushlab turish zaruratiga olib keldi.

OPEK+ mamlakatlari tomonidan kelishuv doirasida qisqartirilgan neft qazib olish hajmi bir paytning o‘zida bozorning boshqa ishtirokchilari tomonidan to‘ldirildi.

Natijada, mart oyi boshlarida kartel va mamlakatlar o‘rtasidagi bitim bekor bo‘lganidan keyin ularning ishtirokchilari bozorda o‘z ulushiga egalik qilish vazifasiga duch keldi, bu esa “narxlar urushi”ga olib keldi.

“Shubhasiz, 2010-yillarning boshidan beri AQShda neft va gaz qazib olishning misli ko‘rilmagan o‘sishi xalqaro xomashyo bozoridagi eng halokatli omil bo‘ldi”, — deyiladi tadqiqotda.

Shu bilan birga, mart oyida OPEK+ bitimi bekor qilinganidan so‘ng Amerikaning neft ishlab chiqaruvchilari eng ko‘p zarar ko‘rgan tomonlardan biri bo‘ldi. Neft narxi ikki baravarga pasayib, norentabel bo‘lgan AQSh kompaniyalari ishlab chiqarishni to‘xtatishga majbur qildi.

Mavzuga doir: Tramp Amerika neft kompaniyalariga moddiy yordam ko‘rsatishga va’da qildi

Aprel oyida ishlab chiqarishni qisqartirish bo‘yicha yangi kelishuvga qaramay, neft narxi manfiy ko‘rsatkich tomon ketdi. 20-aprel kuni neft bozorida WTI markasidagi neftning yaqin oradagi fyuchersining qiymati -315,87 foizga tushib ketdi, ya’ni barrel uchun minus 39,44 AQSh dollariga baholandi.

Mavzuga doir: Neft ishlab chiqaruvchilar xaridorlarga WTI markasidagi mahsulotga qo‘shib, barreli uchun 40 dollardan to‘layapti

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, vaqt o‘tishi bilan xomashyo narxi oshadi, ammo misli ko‘rilmagan inqiroz yangi sharoitlarda va boshqa qoidalar bilan ishlovchi bozor sharoitlarini vujudga keltiradi.

Mavzuga doir: “OPEK, Rossiya va shu kabi siyosiy sabablar bu yerda umuman rol o‘ynamaydi”. Behzod Hoshimov jahon neft bozoridagi vaziyat haqida

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar