AQSh prezidenti Donald Tramp neft sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishga va’da berdi. U bu haqda Twitter’dagi akkauntida ma’lum qilgan.

“Biz AQShning buyuk neft va gaz sohasini uyaltirib qo‘ymaymiz. Energetika vaziri Den Bruyett, moliya vaziri Stiven Mnuchinga ushbu muhim kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash va ulardagi ish o‘rinlarini saqlab qolish uchun zarur mablag‘ ajratish rejasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdim”, — deb yozgan Tramp.
20-aprel kuni Amerikaning WTI markadagi neftining may oyi uchun fyuchers narxi barrel uchun 40 dollarga pastladi. Kotirovkalarning qulashi neft saqlash joylarining to‘lib qolgani bilan bog‘liq. Mavzuga doir:- Amerikaning WTI markali neft narxi musbat qiymatga qaytdi
- WTI qiymatining qulashi ortidan Brent va Urals markalaridagi neft narxi ham keskin pastladi
- Brent neftining narxi 18 yil ichida birinchi marta 19 dollardan pastga tushdi
Avvalroq Oq uyda hali ishlab chiqarilmagan neft uchun haq to‘lash rejalashtirilayotgani ma’lum qilingandi. Hukumat neft zaxiralarini kompaniyalardan sotib olib, ishlab chiqarmaslikni so‘rashi mumkin. Rejadagi chora neft saqlash joylarining to‘lib qolmasligi va yarim yil ichida bozordagi ortiqcha neftdan qutulish imkonini berishi taxmin qilinmoqda.
Aprelda Amerika neftni qayta ishlash zavodlariga yetkazib beriladigan qora oltin hajmini to‘rt karra oshirgan Saudiya Arabistoni neftining mamlakatga importini cheklash ham taklif qilingan. Mavzuga doir:







