Daryo

Zoom va TikTok O‘zbekistonda karantin paytida eng ommabop dasturlar bo‘ldi

15-martdan 14-aprelgacha ushbu ikki dastur iOS va Android foydalanuvchilari tomonidan eng ko‘p yuklab olingan

1 daqiqa o‘qish62 442 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The Verge

Zoom va TikTok O‘zbekistonda karantin davridagi eng ommabop dasturlarga aylandi, deb xabar beradi Spot.

Foto: The Verge

15-martdan 14-aprelgacha ushbu ikki dastur iOS va Android foydalanuvchilari tomonidan eng ko‘p yuklab olingan uchta dasturlar ro‘yxatiga kirdi.

Zoom

iPhone va iPad egalari ko‘pchilik uydan ishlashni boshlagan 16-martdan faol tarzda Zoom dasturini yuklab ola boshladi. 14-aprelgacha dastur eng ko‘p yuklab olingan dasturlar reytingida yetakchilik qildi:

Foto: Spot

Android’da ishlaydigan smartfon foydalanuvchilari Zoom’ni sal kechroq, ya’ni 23-martdan boshlab yuklab ola boshladi. Bu paytda deyarli barcha kompaniyalar xodimlari uydan ishlashga o‘tgan edi:

Foto: Spot

TikTok

IPhone va iPad egalarida karantin davrida TikTok ommabopligi sal boshqacha ko‘rinish oldi. Mart o‘rtalaridan boshlab yuklab olish darajasi stabil tarzda o‘sganiga qaramay, tez-tez pasayish ham kuzatilmoqda.

Shunga qaramay aprel boshidan boshlab TikTok Top-3 talikdan tushmayapti.

Foto: Spot

Android smartfonlari foydalanuvchilari TikTok bilan unchalik qiziqmayapti. Bu yerda dastur 10—15-o‘rinda turibdi, biroq bu yaxshi o‘sish ko‘rsatkichi, chunki karantinga qadar dastur 15—30-o‘rinda edi:

Foto: Spot
Mavzu:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar