Daryo

Pentagon koronavirus tabiiy usulda kelib chiqqaniga yetarli dalillar borligini bildirdi

Ammo bu borada yakuniy xulosalar yo‘qligi aytilgan

1 daqiqa o‘qish92 866 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

Pentagon COVID-19 koronavirusi laboratoriya sharoitida emas, tabiiy usulda kelib chiqqan deb hisoblamoqda, ammo razvedkada bu borada yakuniy xulosalar yo‘q. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi, general Mark Milli ma’lum qilgan.

Foto: AP Photo

Uning aytishicha, ayni paytda bu boradagi fikrlar hali yakuniy emas, ammo aksariyat dalillar virusning tabiiy usulda kelib chiqqanidan dalolat bermoqda.

Generalning aytishicha, bu mavzuda OAV, sayt va bloglarda juda ko‘p mish-mishlar tarqalmoqda. “Hech ajablanarli joyi yo‘qki, biz bunga katta qiziqish bildirdik va bu masalani jiddiy o‘rganib chiqish uchun ko‘p ma’lumotlarga egamiz”, — deya uning so‘zlarini keltirmoqda Reuters.

Avvalroq AQSh davlat kotibi koronavirus pandemiyasida aybdorlar javobgarlikka tortilishini aytgandi.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 1 million 982 ming kishidan, vafot etganlar soni 126 ming kishidan oshdi. AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 600 ming kishidan oshib ketdi, O‘zbekistonda esa 1214 kishiga yetdi.

Mavzuga doir: Xitoy COVID-19 ning kelib chiqishi bo‘yicha ma’lumotlarni nashr qilishni taqiqladi. Endi bu borada hukumat bilan kelishish talab qilinadi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar