So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +14°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    JSST COVID-19 yuqtirib olganlarning qayta kasallanish ehtimoliga baho berdi

    14.04.2020, 06:54 63761

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ijrochi direktori Maykl Rayanning so‘zlariga ko‘ra olimlar hali ushbu savolga, ya’ni COVID-19 yuqtirgan odamda keyinchalik ushbu kasallikning qaytalanishi ehtimoli qanchalik ekaniga javob qaytarish uchun yetarli darajada ma’lumotga ega emas. Bu haqda Jenevada o‘tgan anjumanda aytib o‘tilgan, deb xabar bermoqda CNBC.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “To‘liq tuzalish va kasallikning qaytalanishi borasidagi savollarga hozir aniq javobimiz yo‘q. Bu noma’lum”, — degan Rayan.

    JSSTning COVID-19 bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Mariya van Kerkxove Shanxayda o‘tkazilgan tadqiqotlar bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi. Uning aytishicha kasallikdan tuzalganlarning ma’lum qismida antitana yo‘q bo‘lgan, ayrimlarda esa bu boradagi javob aniq namoyon bo‘lgan. Biroq bu ikkinchi qismga kiruvchilarning COVID-19 bilan qayta kasallanmaslik uchun immunitet shakllanganini anglatmaydi, deya qayd etdi van Kerkxove. Uning so‘zlariga ko‘ra COVID-19’dan tuzalganlarni ko‘proq o‘rganish zarur (13-aprel holatiga ko‘ra 300 ming nafardan ko‘proq odam koronavirusdan tuzalgan), sababi bu orqali odamlarda immunitet paydo bo‘lganmi yoki yo‘qmi, ushbu jarayon ularni qancha vaqt davomida himoya qilishi borasida tushunchalarga ega bo‘lish mumkin.

    Rayanning aytishicha, virusli infeksiyani u bilan avval kasallangan odamning qayta yuqtirib olishi kamyob hodisa emas. Odatda bu kabi holatlar virus organizmdan to‘liq yo‘q qilinmaganida kuzatiladi.

    Aprelda Janubiy Koreya yuqumli kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi 50 nafardan ko‘proq bemorlarda ular COVID-19’dan tuzalgan deb topilganidan keyin yana koronavirus aniqlagan. Tailandlik tibbiyot xodimlari ham virusga qayta chalinish holatlari kuzatilganini ma’lum qilgan.

    Mart oyida Robert Kox instituti rahbari Lotar Viler COVID-19 pandemiyasi yana ikki yilga cho‘zilishi mumkinligi haqida gapirgan va odamlarda virusga qarshi immunitet paydo bo‘lishiga ko‘p narsa bog‘liqligini ta’kidlagandi.

    Mavzuga doir: JSST koronavirusdan saqlanishning eng yaxshi yo‘lini ma’lum qildi

    10-aprelda “Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova antitana testi xulosalariga asoslanib, Rossiyaning 3 foiz aholisida COVID-19’ga qarshi immunitet borligini bildirgan. Popovaning so‘zlariga ko‘ra kasallanganlarning 20-25 foizida infeksiya alomatlari kuzatilmagan.

    “Ularda kasallik alomatlari yo‘q, sababi bu odamlarda infeksiya rivojlanayotgani yo‘q. Bunda organizmida koronavirus bor kasallik tashuvchilarda immunitet bor yoki yo‘qligi noma’lum”, — degan Popova.

    JSST rahbari Tedros Adan Gebreyesus 13-aprelda bo‘lib o‘tgan brifingda COVID-19 ustidan uzil-kesil g‘alabaga xavfsiz va samarali vaksina vositasida erishi mumkinligini ta’kidlagan. “COVID-19 juda tezkor sur’atlarda hujum qilmoqda, chekinishi esa nisbatan sekin kechmoqda”, — degan JSST rahbari.

    Mavzuga doir: JSST koronavirusdan saqlanishning eng yaxshi yo‘lini ma’lum qildi

    JSSTning rasmiy ma’lumotida aytilishicha, 13-aprel holatiga ko‘ra butun dunyoda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 1 million 773 mingta holat qayd etilgan, 111 ming nafardan ko‘proq odam COVID-19 oqibatida vafot etgan. Jons Hopkins universiteti hisob-kitoblari bo‘yicha 13-aprel holati bo‘yicha jahonda virus bilan kasallanganlarning umumiy soni 1 million 872 nafarga, undan vafot etganlar esa 116 ming nafarga yetgan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” o‘zida “Nottingem Forest”ni mag‘lub etdi, “Manchester Yunayted” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 02:15

    A Seriya. “Milan” Verona klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Bugun, 01:23

    Bundesliga. “Bavariya” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, “Borussiya D” Roysning yagona goli evaziga “Volfsburg”ni mag‘lub etdi (video)

    Bugun, 01:06

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi (video)

    Kecha, 23:29

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Kecha, 22:33

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    Kecha, 22:25

    Captiva-2024 narxlari haqida tarqalgan maʼlumotlar soxta ekani maʼlum bo‘ldi

    Kecha, 22:20

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    Kecha, 22:09

    Superliga. “Andijon” Vodiy derbisida “Navbahor”ni mag‘lub etdi, “OKMK” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi

    Kecha, 21:54

    O‘zbekistonda kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

    Kecha, 21:38

    Tavsiya etamiz

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    22:00 / 23.09.2023

    “Dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas” — Elmira Bositxonova Chustdagi voqea haqida

    13:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    12:00 / 23.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl (video)

    01:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    19:00 / 23.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?