Daryo

Xiaomi kompaniyasi “kelajak smartfoni”ni patentladi

Smartfonning yon klavishlar va metall korpus o‘rnini ham displey egallagan

1 daqiqa o‘qish78 222 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: GIzchina

Xiaomi kompaniyasi noodatiy smartfon uchun patent oldi — unga hoshiyasiz displey o‘rnatilgan bo‘lib, yon klavishlar va metall korpus o‘rnini ham displey egallagan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Gizchina

Yon tomonlari egilgan displeyga ega zamonaviy smartfonlardan farqli o‘laroq ushbu smartfon ekrani to‘g‘ri burchak ostida egilgan. Barcha qo‘shimcha ma’lumotlar yon ekranga chiqadi — quvvat darajasi, signal mavjudligi va hokazo. Shuningdek, yana yon tomonga boshqaruv tugmasini ham joylashtirsa bo‘ladi, masalan, “uyga” va “orqaga” kabi.

Smartfonning yon tomonlariga ham to‘laqonli displeylar o‘rnatilgani sabab ularni aniq bir dasturga moslashtirsa bo‘ladi. Masalan, pleyer ochiq bo‘lganida qo‘shimcha ekran orali musiqani boshqarish tugmasini ko‘rsatish.

Foto: Gizchina

Mavzuga doir: Samsung kvadrat shaklida yig‘iluvchi telefonni yaratish ustida ish boshladi

Bu hozircha faqatgina patent hisoblanadi. Biroq zamonaviy texnologiyalar shu turdagi g‘oyani amalga oshirish imkonini beradi — Xiaomi buni Mi MIX Alpha misolida isbotlab bergan ham. Faqat bu kabi qurilmani ommaviy ishlab chiqarib bo‘lmaydi.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar