Daryo

Xiaomi hammayog‘i ekrandan iborat smartfonni namoyish etdi. Uning puliga to‘rtta iPhone beradi

Telefonning narxi 19 999 yuan (2800 dollar)ga teng. Taqqoslash uchun, iPhone 11 ning 64 gigabaytli versiyasi AQShda bundan to‘rt barobar arzon — 700 dollardan sotilmoqda

1 daqiqa o‘qish82 300 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Meduza

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Mi Mix Alpha konseptual smartfonini namoyish etdi, deya xabar bermoqda Meduza.

Foto: Meduza

Uning eng asosiy o‘ziga xosligi — korpusni to‘liq qamrab olgan ekranidir. Displeyning maydoni qurilma hajmining 180 foizini tashkil etadi.

https://twitter.com/Xiaomi/status/1176478891331981312

Smartfonning orqa panelida turli axborot, masalan, ob-havo ma’lumoti yoki navigator aks etib turadi.

https://twitter.com/Xiaomi/status/1176486441246806019

Yon panelda batareya quvvati va tarmoq signali indikatorlari, shuningdek, ovozni baland-past qilish sensor tugmalari joylashgan.

https://twitter.com/Xiaomi/status/1176482666574569472

Orqa panelda Samsung’ning Xiaomi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 108 megapikselli kamerasi joylashgan. Qurilma, shuningdek, 20 megapikselli ultrakeng burchakli obyektiv va 12 megapikselli teleobyektivga ham ega. Telefonning old kamerasi yo‘q.

Smarfon 5G tarmoqda ishlay oladi, operativ xotirasi 12 gigabaytga, ichki xotirasi esa 512 gigabaytga teng. Batareyasining quvvati 4050 milliamper-soatga teng.

https://twitter.com/Xiaomi/status/1176427606490542081

Mi Mix Alpha smartfoni 2019-yilda cheklangan miqdorda chiqariladi. Telefonning narxi 19 999 yuan (2800 dollar)ga teng. Taqqoslash uchun, iPhone 11 ning 64 gigabaytli versiyasi AQShda bundan to‘rt barobar arzon — 700 dollardan sotilmoqda.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar