Daryo

Ronaldu milliard dollar ishlab topgan ilk futbolchi bo‘ladi

Ronaldu faoliyati davomida milliard dollar ishlab topgan uchinchi sportchiga aylanadi

1 daqiqa o‘qish97 350 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FIFA

“Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyati mobaynida 1 milliard dollar ishlab oladigan futbol tarixidagi ilk o‘yinchiga aylanadi, deya xabar qilmoqda Business Insider.

Foto: FIFA

Ta’kidlanishicha, koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz sabab maoshlarning pasayishiga qaramay Ronaldu 2020-yilda milliard dollarlik dovonni zabt etadi.

“Yuventus”dagi maoshidan tashqari, Ronaldu erkaklar kiyimi va mehmonxonalar tizimiga ega CR7 brendidan keladigan tushum, shuningdek, reklama shartnomalari orqali daromad oladi.

Shu tariqa Ronaldu faoliyati davomida milliard dollar ishlab topgan uchinchi sportchiga aylanadi. Unga qadar golfchi Tayger Vuds va bokschi kichik Floyd Meyvezer ushbu natijaga erishgandi. Shuningdek, sobiq basketbolchi Maykl Jordan ham milliard dollar ishlab topgan sportchilar qatoriga kiradi.

2020-yilda tennischi Rojer Federer ular qatoriga qo‘shiladi.

Mavzuga doir: Marca futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchini aniqladi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar