Daryo

O‘gay singlisidan so‘ng Kim Kardashyan ham koronavirusga qarshi kurashga 1 million dollar xayriya qildi

Kim Kardashyan SKIMS kiyim brendining savdolaridan olingan daromad foizlarini ham nochorlarga yordam sifatida sarflashni rejalashtirmoqda

1 daqiqa o‘qish70 824 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Instagram / Kim Kardashian West

Amerikalik model, aktrisa Kim Kardashyan koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shishga qaror qildi. 39 yoshli yulduzga qarashli SKIMS kiyim brendi koronavirus tufayli murakkab vaziyatda qolganlar uchun 1 million dollar xayriya qildi, deb yozadi Cosmopolitan.

Foto: Hollywood Life
“Koronavirusdan zarar ko‘rgan oilalar, ona va bolalarni shunday murakkab davrda qo‘llab-quvvatlash uchun SKIMS tomonidan million dollar ajratilishini faxr bilan ma’lum qilaman”, — deb yozgan Kim.
SKIMS 30-martdan yangi kolleksiyani sotuvga chiqaradi. Kanye Uestning turmush o‘rtog‘i hisoblangan Kim savdolardan olingan daromad foizlarini ham nochorlarga yordam sifatida sarflashni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Kim Kardashyanning o‘gay singlisi Kayli Jenner ham koronavirus pandemiyasi bilan kurashayotgan tibbiyot xodimlariga himoya kiyimlari va niqoblar sotib olish uchun bir million dollar ajratgandi.

Foto: Hollywood Life
Ta’kidlash joiz, COVID-19 bilan kasallanganlar soni bo‘yicha ayni vaqtda AQSh yetakchilik qilmoqda. Butun dunyoda virus bilan kasallanganlar 800 mingga yaqinlashib qolgan bo‘lsa, shundan 160 mingdan ortig‘i Amerikaga to‘g‘ri keladi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar