Daryo

Dunyodagi eng yosh milliarder ayol koronavirus bilan kurashish uchun 1 mln dollar xayriya qildi

Ushbu mablag‘ tibbiyot xodimlariga himoya kiyimlari va niqoblar sotib olish uchun sarflanadi

1 daqiqa o‘qish162 194 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Imagespace

Amerikalik model Kayli Jenner koronavirus pandemiyasi bilan kurashayotgan tibbiyot xodimlariga himoya kiyimlari va niqoblar sotib olish uchun bir million dollar ajratdi. Bu haqda amerikalik akusher-ginekolog Tais Aliabadi o‘z Instagram’ida ma’lum qildi.

Foto: Imagespace

Tibbiyot xodimi Kayli Jennerni “Yerdagi go‘zal farishta” deb atadi.

“Sen mening qahramonimsan. Bu xayriya ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin”, — deydi akusher-ginekolog.

Jennerning o‘zi shifokorning posti ostida izoh qoldirib, uni yaxshi ko‘rishini bildirgan hamda o‘z ishini sidqidildan amalga oshirayotgani uchun minnatdorchilik izhor etgan.

Realiti-shou yulduzi hisoblangan Kayli Jenner o‘zining shaxsiy kosmetik brendiga asos solgan. U bir yil avval dunyodagi eng yosh milliarder ayol deb topilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar