O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni yana ikki kishiga oshib, 45 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Ma’lum qilinishicha, yangi infeksiya aniqlangan ikki fuqaro xorijda bo‘lib koronavirusga chalingan bemorlar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan.
Avvalroq, Istanbulda bo‘lib qaytgan o‘zbekistonlikda infeksiya aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbari Bahrom Almatov koronavirus infeksiyasi Toshkentdan tashqarida — Xorazm viloyatida qayd qilingani haqida ma’lum qilgandi. Biroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi Xorazmdagi bemorda dastlabki tekshiruv natijalari uning koronavirusga chalinganini ko‘rsatgan, hamda u koronavirus bemorlari ro‘yxatiga kiritilgan, takroriy tekshiruvda natijasida esa unda koronavirus tasdiqlanmaganini ma’lum qildi.
Mavzuga doir: “Sokol” lagerida karantinda saqlanayotgan tadbirkor ayol: Bizga juda yaxshi qarashyapti
Izoh (0)