Daryo

“Napoli” Italiyadagi taqiqlarga qaramay 25-martdan mashg‘ulotlarni boshlashini ma’lum qildi

Italiya hukumati 3-aprelga qadar barcha sport tadbirlarini to‘xtatib qo‘ygandi

1 daqiqa o‘qish65 616 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

“Napoli” futbol klubi Italiyada keng yoyilgan koronavirus pandemiyasiga qaramasdan 25-mart kunidan mashg‘ulotlarni boshlaydi.

Foto: Twitter

Ta’kidlanishicha, A Seriya vakillaridan faqat neapolliklar prezidenti Aurelio de Laurentis va “Latsio” rahbari Klaudio Lotito mashg‘ulotlarni 4-aprelga qadar boshlashni istagan.

Eslatib o‘tamiz, Italiya hukumati 3-aprelga qadar barcha sport tadbirlarini to‘xtatib qo‘ygandi.

Italiya futbolchilari assotsiatsiyasi prezidenti Damiano Tommazi bunday sharoitda mashg‘ulotlarga kirishish xavfsiz emasligi haqida o‘yinchilarni ogohlantirgan.

21-mart holatiga ko‘ra, Italiyada koronavirus bilan zararlangan soni 47 mingdan oshib ketdi. 4 ming kishi qurbon bo‘lgan.

Mavzuga doir: Koronavirus va sport: Serbiya prezidentidan “dakki yegan” “Real” hujumchisi, 5-marta qoldirilayotgan Habib—Toni jangi haqida so‘nggi ma’lumotlar

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar