AQShning Virjiniya shtati Sterling shahrida yashovchi ayol Robin Lauler tug‘ilgan kunida million dollar yutib oldi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Robin 5-mart — tug‘ilgan kunida do‘kondan lahzalik lotereya chiptasini sotib olgan edi. U himoya qatlamini o‘chirganida bir million dollar yutuq chiqdi.
Lotereya shartiga ko‘ra, yutuq sohibi pulni bir necha yil mobaynida bo‘lib-bo‘lib olishi yoki yutuq summasining bir qismidan voz kechish evaziga darhol olishi mumkin edi.
Lauler jekpot summasini darhol olishga qaror qildi. Natijada u 601,7 ming dollarni qo‘lga kiritdi. Ayol ushbu summadan hali soliq ham to‘lashi kerak.
Izoh (0)