Daryo

Samarqandda bir kunda qoidabuzarlarning 123 ta avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirildi

43 ta holatda tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oyna o‘rnatish, 99 ta holatda odam tashish qoidasini buzish, 7 ta holatda telefondan foydalanish va 187 ta holatda boshqa turdagi qoidabuzarliklar aniqlangan

1 daqiqa o‘qish43 132 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Samaqand IIB YHXB

Samarqandda bir kunlik “Avtopatrul” reyd tadbirida 812 ta qoidabuzarlik aniqlandi, 123 ta transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Samaqand IIB YHXB

Qoidabuzarliklarning 55 tasida tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqarish holati aniqlangan bo‘lsa, 284 ta holatda qo‘pol qoidabuzarlik qayd etilgan.

Foto: Samaqand IIB YHXB

To‘qqizta holatda svetofor va chorrahadan o‘tish qoidasini buzish, beshta holatda avtomashinani davlat raqami belgisiz boshqarish, 43 ta holatda tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar o‘rnatish, 99 ta holatda odam tashish qoidasini buzish, 7 ta holatda telefondan foydalanish va 187 ta holatda boshqa qoidabuzarliklar aniqlangan.

Foto: Samaqand IIB YHXB
Tadbir davomida Samaqand IIB YHXB, Transport boshqarmasi va Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari shahar ichki yo‘nalishlarida harakatlanuvchi jamoat transport vositalarini dezinfeksiya qilgan. Dezinfeksiya bilan bir qatorda aholiga tushuntirish ishlari olib borilgan.

Mavzuga doir: Samarqandda yirik YTH: 2 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohat oldi

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar