Apple kompaniyasi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishiga xalal berish maqsadida Xitoydan tashqarida joylashgan barcha chakana savdo do‘konlarini 27-martga qadar yopishga qaror qildi. Bu haqda Apple rahbari Tim Kukning bayonotida ma’lum qilingan.

Foto: Reuters

Koronavirus epidemiyasi endi boshlangan vaqtda Apple kompaniyasi Xitoydagi do‘konlarini vaqtincha yopishga qaror qilgan edi. Hozirda bu do‘konlar ochilib, yana mijozlarga xizmat ko‘rsatishni boshlagani aytilmoqda.

Apple rahbarining qo‘shimcha qilishicha, kompaniyaning butun dunyodagi xodimlari imkoniyatdan kelib chiqib uydan ishlash tartibiga o‘tmoqda.

Avvalroq Apple kompaniyasi dasturchilar uchun har yili Kaliforniyada o‘tkazib kelgan WWDC konferensiyasi bu yil iyun oyida, onlayn-formatda o‘tkazilishi ma’lum bo‘lgan edi.