Daryo

Rossiyada neft narxining tushib ketishi sabab dollar va yevro keskin qimmatlashdi

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, bir dollar 72,4 rubldan sotilmoqda

1 daqiqa o‘qish51 122 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Jahonda neft narxining 20 foizga tushib ketishi fonida dollar kursi 72 rublga, yevro esa 82 rublga yetdi, deb xabar beradi “RBK”.

Foto: Reuters

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, bir dollar 72,4 rubldan sotilmoqda. Savdolar yopilish vaqtida valyuta 68,5 rubl bo‘lgan. Bir yevro esa 82,37 rublga qadar ko‘tarilgan. Bundan oldingi savolarning yopilish vaqtida valyuta 80 rubldan sotilgan.

9-mart kuni Moskva birjasida valyuta savdolari amalga oshirilmaydi, chunki Rossiyada 8-mart yakshanbaga to‘g‘ri kelgani sabab dushanba dam olish kuni etib belgilangan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston valyutalar bozorida noodatiy holat kuzatildi

Avvalroq Brent neftining bir barreli 22 foizga arzonlashib, 35,26 dollarga qadar tushib ketgani, WTI markasidagi neftning narxi esa 21 foizga arzonlashib, 32,5 dollardan sotilgani haqida xabar berilgandi.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar