Daryo

La Liga klubi Eldor Shomurodovni sotib olish istagini bildirgani ma’lum bo‘ldi

Bu haqda rossiyalik futbol agenti German Tkachenko Oliy iqtisodiyot maktabida bo‘lib o‘tgan anjuman vaqtida ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish107 583 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Rostov” klubi matbuot xizmati

“Rostov” hamda O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini La Liga klubida davom ettirishga yaqin bo‘lgan.

Foto: Rostov matbuot xizmati

Bu haqda rossiyalik futbol agenti German Tkachenko Oliy iqtisodiyot maktabida bo‘lib o‘tgan anjuman vaqtida aytib o‘tdi.

— Smolov Yevropada qoladi deb o‘ylaysizmi?

“Biz shunday bo‘lishini xohlaymiz. Albatta, yakuniy qarorni u qabul qiladi.

“Selta” dastlab bizga Shomurodov bo‘yicha murojaat qildi, ammo biz: “Buning iloji yo‘q” deb javob berdik. Keyin yarim soatlardan so‘ng Smolov variantini o‘zaro muhokama qildik. Natija esa hammaga ma’lum. “Lokomotiv” ham bu borada bizni qo‘llab-quvvatlaganidan mamnunmiz”, — deydi Tkachenko.

Ma’lumot uchun, tajribali agentning boshqa bir mijozi rossiyalik Fyodor Smolov qishki transferlar vaqtida “Selta” klubiga ijara asosida yo‘l olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodovning “Rostov” bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, biroq hujumchi joriy mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartirish istagida.

Avvalroq uning agenti o‘zbekistonlik futbolchi “Rostov”dan boshqa rus klubi safiga borib qo‘shilmasligi, kelgusida unga Angliya va Germaniya chempionatlaridan takliflar bo‘lishi mumkinligi haqida ham aytib o‘tgandi.

Eldor Shomurodov joriy mavsum Rossiya Premyer Ligasining 20 ta uchrashuvida  maydonga tushib, 11 ta to‘p kiritdi va 5 ta golga assistentlik qildi.

Futbolchining ayni damdagi transfer narxi 6,5 million yevro sifatida baholanmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar