Daryo

Vengriyada ilk marta koronavirus bilan kasallanish bilan bog‘liq ikki holat qayd etildi

Qayd etilishicha, kasallik Eronda tahsil oluvchi ikki vengriyalik talabada aniqlangan

1 daqiqa o‘qish27 282 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

4-mart kuni Vengriyada COVID-2019 koronavirusi bilan kasallanish bilan bog‘liq ikki holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Viktor Orbanning Facebook’dagi videomurojaatida aytiladi, deb yozadi “RBK”.

Foto: Reuters

“Bizda koronavirusni yuqtirish bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Infeksiyani yuqtirgan ikki bemor shifoxonaga yotqizildi”, — deydi Vengriya bosh vaziri.

Qayd etilishicha, kasallik Eronda tahsil oluvchi ikki vengriyalik talabada aniqlangan. Hozirda ular Budapeshtdagi muqaddas Ishtvan va muqaddas Laslo shifoxonalarida davolanmoqda.

Avvalroq, Latviya, Marokash, Avstraliya, Armaniston va Rossiyada koronavirusga chalinishning ilk holatlari qayd etilgani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar