Daryo

Ozarbayjonda koronavirus sababli barcha OTM va maktablar vaqtincha yopildi

Bundan tashqari, shu munosabat bilan barcha tadbirlarni keyinga qoldirishga qaror qilingan

1 daqiqa o‘qish44 766 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Facebook / Bakı Şəhəri üzrə Təhsil İdarəsi

Ozarbayjon hukumati COVID-19 koronavirusining tarqalishidan xavotirlanib, mamlakatdagi barcha oliygoh va maktablarni yopishga qaror qildi. Bu haqda Azerbaycan24 xabar bermoqda.

Foto: Facebook / Bakı Şəhəri üzrə Təhsil İdarəsi

Qayd etilishicha, yuqumli kasalliklarning oldini olish, bu boradagi tegishli profilaktika choralarining samaradorligini oshirish, mamlakatdagi barcha ta’lim muassasalarida tibbiy-profilaktika, zararsizlantirish va boshqa profilaktika ishlarini olib borish maqsadida o‘quv jarayonini 3-martdan 9-martgacha to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bundan tashqari, shu munosabat bilan barcha tadbirlarni keyinga qoldirishga qaror qilingan.

“RBK”ning yozishicha, 2-mart holatiga ko‘ra Ozarbayjonda koronavirusdan 3 kishi kasallangan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydan tashqari koronavirus qayd etilgan davlatlar soni 64 taga yetdi. Umumiy hisobda dunyoda 90 370 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ularning 80 174 nafari Xitoyda. Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (4335), Italiya (2036) va Eron (1501) ketmoqda.

Avvalroq O‘zbekistondagi barcha maktablarda koronavirusga qarshi choralar kuchaytirilshi xabar berilgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar