Italiya fuqaro muhofazasi xizmati rahbari Anjelo Borelli mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2 mingdan oshgani, pnevmoniyadan vafot etganlar esa 18 nafarga ko‘payib 52 nafarga yetganini bildirdi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

“Yaxshi xabarlardan boshlaydigan bo‘lsak, mamlakatda 66 nafar odam kasallikdan tuzalgan va jami sog‘ayib ketganlar soni 149 nafarga yetgan. Ammo koronavirus hayotdan olib ketgan insonlar soni ham keskin o‘sdi, 18 nafar qo‘shilib jami 52 nafarga yetdi”, – deya qayd etgan u oqshom vaqtida bo‘lgan brifingda.
Borellining so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 1835 taga ko‘paygan.
Vafot etgan 18 nafar odamning 15 nafari Lombardiya hududida to‘g‘ri keladi. Mamlakat shimolidagi ushbu viloyatda jami 1077 ta koronavirus yuqtirish holati kuzatilgan, deydi Borelli. Shuningdek, Emiliya-Romanye (324) va Veneto (271) hududlarida ham kasallanganlar ko‘paymoqda. Koronavirusga tekshirilganlar soni ham 2 mingtaga ko‘paydi va 23,3 mingga yetdi.
1-mart oqshomida Borelli Italiyada 1577 nafar odamning koronavirus bilan kasallanganini ma’lum qilgan, biroq ushbu raqamlarga yangi qo‘shilgan 5 nafar qurbon (jami 34 nafar odam vafot etgan), 33 nafar odamning sog‘aygani (83 odam) kiritilmagan. Mavzuga doir:- “Yuventus” — “Inter” va A Seriyaning yana 4 ta o‘yini koronavirus tufayli qoldirildi
- Koronavirus Yevropa bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda
- JSST davlatlar koronavirusning tezlik bilan tarqalishiga tayyor emasligini ma’lum qildi
Mavzuga doir: Italiya bosh vaziri koronavirusga qarshi kurashda amalga oshirilgan chora-tadbirlarga baho berdi








