Milan shahridan kelgan Finlyandiya fuqarosida koronavirus bilan kasallanish holati kuzatildi, deb xabar bermoqda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot milliy instituti (THL). Bu haqda “RIA Novosti” xabar tarqatgan.

“Xelsinki viloyatidagi Uusimaa hududida koronavirus infeksiyasi kuzatildi buni labaratoriya tadqiqotlari ham tasdiqladi. Bemor Italiya shimolida Milan shahrida virusni yuqtirib olgan. U ayni vaqtda Xelsinki universitet kasalxonasida davolanmoqda. Ayolning holati ancha yaxshi”, – deyilgan xabarda.
Finlyandiya OAV gap o‘rta yoshli, mehnatga layoqatli ayol kishi haqida ketayotgani, uning o‘zi tibbiyot muassasasiga murojaat qilgani va hozirda sog‘lig‘i barqaror ekanligini qayd etgan.
Italiyada koronavirus tufayli vafot etganlar soni 12 nafarga yetgan, epidemiya boshlangan vaqtdan buyon jami 374 nafar italiyalik virus bilan kasallangan. Bu haqda Rimda o‘tgan matbuot-anjumanida Italiya fuqaro muhofazasi xizmati rahbari Anjelo Borrelli ma’lum qilgan. Mavzuga doir: Xitoy hukumati 2019-yilning 31-dekabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini Xubey provinsiyasi Uxan shahrida noma’lum virus tarqalgani haqida ogohlantirgan. Mutaxassislar kasallik tarqatuvchi yangi koronavirus ekanini aniqlagan. JSST kasallik tarqalishini xalqaro darajadagi favqulodda vaziyat deb tan oldi va koronavirusga COVID-19 rasmiy nom berdi. Xitoyning materikli qismida kasallangan odamlar soni 26-fevral holatiga ko'ra, 78 ming nafarga yetgan, 2715 nafar odam koronavirus oqibatida vafot etgan, 29 mingdan ortiq odam undan tuzalgan. JSST ma’lumotiga ko‘ra 33 mamlakatda COVID-19 koronavirusi bilan bog‘liq 80 mingdan ortiq holat kuzatilgan. Mavzuga doir:







