Futbol bo‘yicha Angliya chempionati 26-turining so‘nggi bahsida “Chelsi” va “Manchester Yunayted” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Antoni Marsiyal mankunianlarni oldinga olib chiqdi. 66-daqiqada Harri Maguayr burchakdan uzatib berilgan to‘pga boshi bilan aniq zarba bergan holda darvozani ishg‘ol qildi.
Shu tariqa Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari ikkinchi davrada ham “ko‘klar”dan ustun keldi. Premyer Liga birinchi turida Manchester shahri jamoasi “Chelsi”ni yirik hisobda (4:0) mag‘lub etgandi.
Mazkur g‘alabadan keyin “Manchester Yunayted” 38 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarildi. “Chelsi” (41) esa to‘rtinchi pog‘onada qoldi.
APL
26-tur bahsi
17-fevral, dushanba
“Chelsi” — “Manchester Yunayted” 2:0
Gollar: 0:1 — 45 Marsyal, 0:2 — 66 Maguayr.“Chelsi”: Kabalyero, Jeyms, Kristensen (Zuma, 46), Ryudiger, Aspilikueta, Kante (Maunt, 12), Kovachich, Villian, Jorjinyo, Pedro, Batshuayi (Jiru, 68).
“Manchester Yunayted”: De Xea, Uilyams, Maguayr, Shou, Uan-Bissaka, Jeyms (Pereyra, 80), Fred, Brunu Fernandesh (Diogu Dalot, 90), Matich, Marsiyal (Igalo, 90), Bayi.
Ogohlantirishlar: Villian (35), Ryudiger (48), Fred (59), Zuma (59), Pedro (64), Uilyams (76), Uan-Bissaka (79).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)