Daryo

McDonald’s Xitoyning beshta shahridagi restoranlarni vaqtincha yopdi

Karantin sabab Uxanda, shuningdek, Echjou, Xuangan, Syanszyan va Syantao shaharlarida McDonald’s restoranlari butunlay yopib qo‘yilgan

1 daqiqa o‘qish52 688 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Fortune

Pnevmoniyaga sabab bo‘layotgan koronavirus tufayli Xitoyning Xubey viloyatidagi beshta shaharda McDonald’s restoranlari vaqtincha yopildi. Bu haqda franshiza kelishuvi asosida ishlayotgan Xitoydagi McDonald’s vakillari ma’lum qilgan, deb yozmoqda “Kommersant”.

Foto: Fortune

Karantin sabab Uxanda, shuningdek, Echjou, Xuangan, Syanszyan va Syantao shaharlarida McDonald’s restoranlari butunlay yopib qo‘yilgan.

Xitoy kompaniyasi epidemiologik vaziyat tufayli tarmoqning mamlakatdagi barcha shoxobchalarida yangi qoidalar joriy qilingan: har kuni barcha xodimlarning harorati o‘lchanadi, shamollash alomatlari bo‘lganlar ishga qo‘yilmaydi, barcha ishchi xodimlar, shu jumladan, ovqat tashuvchilar ham tibbiyot niqoblarini taqib yurishi shart, binolar va ulardagi uskunalar muntazam dezinfeksiya qilinmoqda, restoranlarda antibakterial yuvish vositalari qo‘yilmoqda va bu borada choralar qo‘llanilmoqda. Kompaniya vaqtinchalik yopilgan restoranlarning xodimlari maosh olishda davom etishini bildirgan. Ammo ularga pul to‘lash qancha vaqt davom etishiga aniqlik kiritilmagan.

Mavzuga doir: Xitoyda yangi virusga qarshi kurashish maqsadida yana bir yirik shahar — Xuangan yopib qo‘yildi. Echjou bilan temir yo‘l qatnovi to‘xtatilgan

Yangi turdagi koronavirus tufayli halok bo‘lganlar soni 25 nafarga yetgan. Kasalni yuqtirib olganlar esa 830 nafarga yetgan. Xitoyning Xunbey viloyatida 13 ta shahar, jumladan, virus o‘chog‘iga aylangan Uxan yopib qo‘yilgan. Ushbu chora-tadbirlarda 30 million aholining holati nazoratga olingan. Pekinda eng yuqori darajadagi favqulodda holat e’lon qilingan. Xitoydan tashqari AQSh, Yaponiya, Tailand va Janubiy Koreyada ham virus alomatlari kuzatilgan bemorlar bor.

Mavzuga doir: Tojikiston va Xitoy o‘rtasidagi aviaparvozlar to‘xtatildi

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar