Daryo

Shohjahon Ergashev meksikalik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

Ergashev AQSHda navbatdagi jangini o‘tkazdi

1 daqiqa o‘qish110 277 ko‘rishlar0 izoh0

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) Toshkent vaqti bilan 18-yanvar, shanba kuni navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Foto: Shohjahon Ergashev

Shohjahonga ushbu jangda meksikalik 29 yoshli bokschi Adrian Estrella (29-5, 24 KO) raqiblik qildi. Jang 1-raundayoq nihoyasiga yetdi. Ergashevning tana qismiga berilgan kuchli zarbalaridan so‘ng meksikalik bokschi nokaut holatiga tushdi. Shu tariqa Shohjahon navbatdagi g‘alabasini ham nokaut orqali qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Shohjahon Ergashev hozirga qadar prof boksdagi barcha 18 ta jangida g‘alaba qozongan. 16 ta jangda raqiblarini nokaut evaziga taslim qilgan.

Meksikalik Estrella esa bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda prof ringda 34 ta jang o‘tkazib, ularning 29 tasida g‘olib chiqqan. 24 ta jangida raqiblarini nokautga uchratgan. 5 ta jangda (3 tasi nokaut) esa mag‘lub bo‘lgan.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar