Daryo

Saudiya Arabistonida erta nikoh qurish taqiqlandi

Erta nikoh qurmoqchi bo‘lganlarga sudning maxsus ruxsati kerak bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish69 301 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Report.az

Saudiya Arabistoni hukumati ko‘p yillik munozaralardan so‘ng erta nikoh qurishni taqiqladi va nikohning qonuniy yoshini kamida 18 yosh etib belgiladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: Google Images

Ma’lumotlarga ko‘ra, adliya vaziri Valid as-Samaaniy yangi qonunni barcha mahalliy sudlarga yuborgan.

Agarda 18 yoshdan kichik bo‘lgan o‘smir oila qurishni istab qolsa, uning nikohiga sud maxsus ruxsatnoma berishi kerak bo‘ladi. Ular erta nikoh yoshlarning kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatish yoki ko‘rsatmasligini tahlil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda joriy yilning yanvarida 15 yoshdan kichik bo‘lgan o‘smirlarning uylanishi taqiqlangandi. Bunga qadar Saudiya Arabistonida nikoh qurish yoshi belgilab berilmagan. Shu sababli yosh qizchalarning erta uzatilishi juda dolzarb mavzu hisoblangan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar