Daryo

Tesla aksiyalari 420 dollarga qimmatladi. Ilon Mask shu narx haqidagi tvitidan so‘ng kompaniya direktorlar kengashi rahbari lavozimidan mahrum bo‘lgandi

U 2018-yilning avgust oyida Twitter’dagi sahifasida Tesla aksiyalarini bir donasini birjadan 420 dollardan sotib olishga tayyorligini bildirgandi

1 daqiqa o‘qish61 270 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Chinanews.com”

Tesla avtomobillari ishlab chiqaruvchi kompaniyaning bir dona aksiyalari rekord daraja — 420 dollarga yetdi. CNBC’ning yozishicha, aynan shu narx sababli Ilon Mask yarim yil avval kompaniya aksiyalarini qaytarib olishga va’da bergandi.

Foto: “Chinanews.com”

Maks ham Tesla aksiyalari narxiga e’tibor bergan. “Vau, aksiyalar rosa ko‘tarilibdi”, — deb yozgan u Twitter’dagi sahifasida.

Meduza’ning yozishicha, Ilon Mask Twitter’dagi sahifasida 2018-yilning avgust oyida Tesla aksiyalarini bir donasini birjadan 420 dollardan sotib olishga tayyorligini bildirgan. O‘sha vaqtda aksiyalar savdosi taxminan 350 dollardan bo‘lgan. Mask ushbu operatsiyalar moliyalashtirilishi kafolatlanganiga ishonch bildirgan.

AQSh qimmatli qog‘ozlar va birja bo‘yicha komissiyasi Ilon Mask investorlar bilan Tesla aksiyalarini sotib olish rejalarini muhokama qilmaganligini, u o‘zining tviti bilan bozor ishtirokchilarini atay yanglish fikrga borishga majbur qilganini bildirgan.

Hukumat o‘rtasidagi nizoga barham berish maqsadida Mask 20 million dollar to‘lagan va Tesla direktorlar kengashi rahbari lavozimini tark etgan (u kompaniya bosh direktori vazifasida qolgan).

AQSh qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasi tomonidan tekshiruv boshlanganidan so‘ng Ilon Mask Tesla ommaviy kompaniya bo‘lib qolishini ma’lum qilgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar