Daryo

“Liverpul” ilk bor Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempioniga aylandi (video)

Futbol bo‘yicha Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining final bahsida “Liverpul” “Flamengo”ga qarshi maydonga tushdi

1 daqiqa o‘qish59 091 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Futbol bo‘yicha Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining final bahsida 21-dekabr, shanba kuni Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” Braziliyaning “Flamengo” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Foto: Twitter

Uchrashuvdagi yagona gol 99-daqiqada urildi. Unga mersisaydliklar hujumchisi Roberto Firmino mualliflik qildi.

Shu tariqa “Liverpul” “Flamengo”ni kichik 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, o‘z tarixida ilk bor mazkur musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, “qizillar” so‘nggi bor 2005-yilda Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining finalida ishtirok etgandi. Biroq jamoa o‘shanda “San-Paulu” jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Klublar o‘rtasidagi JCh

Final bahsi

21-dekabr, shanba

“Liverpul”—“Flamengo” 1:0

Gol: 1:0 — 99 Firmino

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Gomes, Robertson, van Deyk, Keyta (Milner, 100), Oksleyd-Chemberlen (Lallana, 75), Xenderson, Mane, Saloh (Shaqiri, 120), Firmino (Origi, 105)

“Flamengo”: Diyego Alves, Rafinya, Filipe Luis, Mari, Rodrigo Kayo, de Arraskaeta (Vitinyo, 77), Jerson (Linkoln, 102), Everton Ribeyro (Diyego, 82), Arao (Berrio, 120), Gabriel Barboza, Bruno Enrike

Ogohlantirishlar: Mane (45), Saloh (81), Vitinyo (90), Firmino (100), Milner (105), Diyego (112)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar