Daryo

Liga 1. PSJ navbatdagi yirik g‘alabasini qo‘lga kiritdi, Mbappedan dubl

21-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 19-tur bahslari bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish48 217 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

21-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 19-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Reuters

Tomas Tuxel qo‘l ostidagi Parijning PSJ klubi “Park de Prens”da “Amyen”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv davomida Parij klubi hujumchilari Kilian Mbappe (10, 65), Neymar (46) hamda Mauro Ikardi (84) raqib darvozasiga gol urgan bo‘lsa, mehmonlardan Stiven Mendosa (70) Keylor Navas qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa PSJ o‘z uyida kechgan bahsda “Amyen”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida yaqqol yetakchilik qilayotgan PSJning ochkosi 45 taga yetdi. “Amyen” esa 17 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda.

Liga 1

19-tur bahslari

21-dekabr, shanba

“Monpelye”—“Brest” 4:0

Gollar: 1:0 – 13 Labord, 2:0 – 30, penalti Savanye, 3:0 – 56 Labord, 4:0 – 83 Molle

“Dijon”—“Mets” 2:2

Gollar: 0:1 – 14 Diallo, 1:1 – 18 Amalfitano, 2:1 – 42 Balde, 2:2 – 90 Maiga

“Renn”—“Bordo” 1:0

Gol: 1:0 – 82 Nyang

“Strasburg”—“Sent-Etyenn” 2:1

Gollar: 1:0 – 22 Ajork, 2:0 – 62 Tomasson, 2:1 – 72, penalti Budebuz

“Monako”—“Lill” 5:1

Gollar: 0:1 – 13 Osimxen, 1:1 – 23 Jelson Martinsh, 2:1 – 29 Keyta Balde, 3:1 – 53 Ben-Yedder, 4:1 – 65 Ben-Yedder, 5:1 – 90 Glik

“Reyms”—“Lion” 1:1

Gollar: 0:1 – 9 Tuzar, 1:1 – 44, penalti Kafaro

“Nant”—“Anje” 1:2

Gollar: 1:0 – 17 Blas, 1:1 – 50 Bobishon, 1:2 – 87 Al-Melali

“Nitssa”—“Tuluza” 3:0

Gollar: 1:0 – 16 Sarr, 2:0 – 19, avtogol Silla, 3:0 – 40 Le-Melu

PSJ—“Amyen” 4:1

Gollar: 1:0 – 10 Mbappe, 2:0 – 46 Neymar, 3:0 – 65 Mbappe, 3:1 – 70 Mendosa, 4:1 – 84 Ikardi

“Marsel”—“Nim” 3:1

Gollar: 1:0 – 46, avtogol Alakush, 2:0 – 65 Benedetto, 3:0 – 81 Payet, 3:1 – 90 Brianson

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar