Daryo

APL. “Manchester Siti” o‘z maydonida “Lester” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi (video)

Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 18-turi doirasida 5 ta uchrashuv nihoyasiga yetdi

1 daqiqa o‘qish37 037 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 18-turi doirasida 21-dekabr, shanba kuni 5 ta uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Foto: Reuters

Turning markaziy o‘yinlaridan birida Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” o‘z mayonida Brendan Rojers boshqaruvidagi “Lester”ni qabul qildi.

Bellashuv davomida “tulkilar” hujumchisi Jeymi Vardi (22) tomonidan urilgan golga “shaharliklar” Riyad Mahrez (30), Ilkay Gundo‘g‘on (43, penalti) hamda Gabriel Jezus (69)ning gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Siti” o‘z maydonida “Lester” ustidan 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Qayd etish joiz, ushbu g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan “mankunianlar” ochkolari sonini 38 taga yetkazdi. Undan bir ochko ko‘p to‘plagan “Lester” esa 2-o‘rinni egallab turibdi.

APL

18-tur bahlari

21-dekabr, shanba

“Aston Villa”—“Sauthempton” 1:3

Gollar: 0:1 — 21 Ingz, 0:2 — 31 Stivens, 0:3 — 51 Ingz, 1:3 — 75 Grilish

“Bornmut”—“Byornli” 0:1

Gol: 0:1 — 89 Rodriges

“Brayton”—“Sheffild Yunayted” 0:1

Gol: 0:1 — 23 Makberni

“Nyukasl”—“Kristal Pelas” 1:0

Gol: 1:0 — 83 Almiron

“Norvich”—“Vulverhempton” 1:2

Gollar: 1:0 — 17 Kentuell, 1:1 — 60 Saiss, 1:2 — 81 Ximenes

“Manchester Siti”—“Lester” 3:1

Gollar: 0:1 — 22 Vardi, 1:1 — 30 Mahrez, 2:1 — 43, penalti Gundo‘g‘on, 3:1 — 69 Gariel Jezus

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar