Daryo

A Seriya. Lukaku dublga erishgan o‘yinda “Inter” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 17-turi doirasida navbatdagi 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish21 994 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 17-turi doirasida 21-dekabr, shanba kuni navbatdagi 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Foto: Reuters

Antonio Konte qo‘l ostidagi Milanning “Inter” jamoasi “Juzeppe Meatssa”da “Jenoa”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida “neradzurrilar” vakillari Romelu Lukaku (31, 71), Roberto Galyardini (32) hamda Sebastyano Espozito (64, penalti) birin-ketin raqib darvozasiga gol urdi.

Shu tariqa milanliklar “Jenoa” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, yirik g‘alabaga erishdi (4:0).

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Inter” ochkolari sonini 42 taga yetkazib oldi va jamoa musobaqa musobaqa jadvalida peshqadamga aylandi. “Jenoa” esa 11 ochko bilan 19-o‘rinni egallab turibdi.

A Seriya

17-tur bahlari

21-dekabr, shanba

“Udineze”—“Kalyari” 2:1

Gollar: 1:0 — 39 de Paul, 1:1 — 84 Joao Pedro, 2:1 — 85 Fofana

“Inter”—“Jenoa” 4:0

Gollar: 1:0 — 31 Lukaku, 2:0 — 32 Galyardini, 3:0 — 64, penalti Espozito, 4:0 — 71 Lukaku

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar