Daryo

Bundesliga. “Borussiya D” safarda yutqazdi

Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 17-turi doirasida “Borussiya D” mehmonda “Hoffenhaym”ga qarshi maydonga tushdi

1 daqiqa o‘qish20 428 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 17-turi doirasida 20-dekabr, juma kuni Lyusyen favr qo‘l ostidagi Dortmundning “Borussiya” jamoasi mehmonda “Hoffenhaym”ga qarshi maydonga tushdi.

Foto: Reuters

Bellashuv davomida “arilar” yarim himoyachisi Mario Gyotse (17) tomonidan urilgan golga mezbonlar Sarkis Adamyan (79) hamda Andrey Kramarich (87)ning gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa Dortmund klubi safarda kechgan bahsda “Hoffenhaym”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va ochko yo‘qotdi.

Ma’lumot uchun, “Borussiya Dortmund” 30 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. “Hoffenhaym” esa 27 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.

Bundesliga

17-tur bahsi

20-dekabr, juma

“Hoffenhaym”—“Borussiya D” 1:2

Gollar: 0:1 — 17 Gyotse, 1:1 — 79 Adamyan, 2:1 — 87 Kramarich

“Hoffenhaym”: Baumann, Baumgartner (Kaderjabek, 78), Nordtveyt, Xyubner, Grillich, Gayger (Lokadiya, 65), Samasseku (Adamyan, 46), Rudi, Bebu, Skov, Kramarich

“Borussiya D”: Byurki, Hakimi, Akanji, Zagadu, Shults, Sancho, Vaygl, Brandt, Gyotse (Pako Alkaser, 85), Azar (Bruun Larsen, 46), Xummels (Pishchek, 46)

Ogohlantirishlar: Akanji (25)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar