Daryo

La Liga. “Barselona” o‘z uyida “Real” bilan durang qayd etdi

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining qoldirilgan 10-turi doirasida “Real” “Kamp Nou”da “Barselona” bilan bahsga kirishdi

1 daqiqa o‘qish63 433 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining qoldirilgan 10-turi doirasida 18-dekabr, chorshanba kuni Zinedin Zidan qo‘l ostidagi Madridning “Real” klubi “Kamp Nou”da Ernesto Valverde boshqaruvidagi Kataloniyaning “Barselona” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Foto: Reuters

Uchrashuv davomida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi (0:0).

Ma’lumot uchun, “Qirollik klubi” 35 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Ko‘k-anorranglilar” ham xuddi shuncha ochko bilan musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda.

La Liga

Qoldirilgan 10-tur bahsi

18-dekabr, chorshanba

“Barselona”—“Real” 0:0

“Barselona”: ter Shtegen, Semedu (Vidal, 55), Langle, Alba, Serji Roberto, Rakitich, de Yong, Pike, Suares, Messi, Grizmann (Fati, 83)

“Real Madrid”: Kurtua, Mendi, Varan, Ramos, Karvaxal, Kroos, Valverde (Modrich, 80), Isko (Rodrigo, 80), Kazemiro, Beyl, Benzema

Ogohlantirishlar: Rakitich (21), Suares (40), Langle (45), Kazemiro (66), Beyl (70), Isko (76), Ramos (78), Karvaxal (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar