Daryo

Klublar o‘rtasidagi JCh. “Liverpul” “Monterrey”dan ustun kelib, finalga chiqdi (video)

Futbol bo‘yicha Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining 1/2 final bahsida “Liverpul” “Monterrey”ga qarshi maydonga tushdi

1 daqiqa o‘qish29 987 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Futbol bo‘yicha Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining 1/2 final bahsida 18-dekabr, chorshanba kuni Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” Meksikaning “Monterrey” klubiga qarshi maydonga tushdi.

Foto: Twitter

O‘yinning 11-daqiqasida “qizillar” yarim himoyachisi Nabi Keyta hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib meksikaliklar hujumchisi Roxelio Funes Mori hisobni tenglashtirdi (1:1). Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Mersisayd klubi hujumchisi Roberto Firmino jamoasining g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa “Liverpul” Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining yarim finalida “Monterrey”ni kichik hisobda mag‘lub etdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endilikda Klopp jamoasi final bahsida Braziliyaning “Flamengo” klubiga qarshi maydonh=ga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, braziliyaliklar yarim finalda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasidan 3:1 hisobida ustun keldi.

Klublar o‘rtasidagi JCh

1/2 bahsi

18-dekabr, chorshanba

“Monterrey”—“Liverpul” 1:2

Gollar: 0:1 — 11 Keyta, 1:1 — 14 Funes Mori, 1:2 — 90 Firmino

“Monterrey”: Barovero, Medina, Sanches, Montes (Layyun, 79), Vanjoni, Ortis, Pisarro (Gonsales, 90), Galyardo, Funes Mori, Pabon (Mesa, 82), Rodriges

“Liverpul”: Alisson, Xenderson, Robertson, Gomes, Lallana, Milner (Aleksander-Arnold, 75), Oksleyd-Chemberlen, Keyta, Shaqiri (Mane, 68), Saloh, Origi (Firmino, 85)

Ogohlantirishlar: Vanjoni (47), Gomes (58), Galyardo (78)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar