Daryo

Angliya Liga Kubogi. “Liverpul” “Aston Villa”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining 1/4 final bahslariga 17-dekabr, seshanba kuni start berildi

1 daqiqa o‘qish55 102 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining 1/4 final bahslariga 17-dekabr, seshanba kuni start berildi.

Foto: Twitter

Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” Birmingem shahrida “Aston Villa”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida mezbon jamoa vakillari Konor Xurixeyn (14), Jonatan Kojia (37, 45) hamda Uesli Morayes (90) birin-ketin Mersisayd klubi darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, “qizillar”dan Morgan Boys (17) avtogol muallifiga aylandi.

Shu tariqa “Liverpul” safarda kechgan bahsda o‘z darvozasidan 5 ta to‘p olib chiqdi va yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 18-dekabr, chorshanba kuni mazkur musobaqaning navbatdagi chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Jumladan, “Manchester Siti” mehmonda quyi divizion vakili bo‘lmish “Oksford Yunayted”ni sinovdan o‘tkazsa, Brendan Rojers boshliq “Lester” Liverpulda “Everton”ga to‘qnash keladi. Ikkala uchrashuv ham tunggi vaqt bilan soat 00:45 da boshlanadi. “Manchester Yunayted” esa “Old Trafford”da “Kolchester”ni qabul qiladi. Ushbu bellashuvga soat 01:00 da start beriladi.

Angliya Liga Kubogi

1/4 final bahsi

17-dekabr, seshanba

“Aston Villa”—“Liverpul” 5:0

Gollar: 1:0 —14 Xurixeyn, 2:0 — 17, avtogol Boys, 3:0 — 37 Kojia, 4:0 — 45 Kojia, 5:0 — 90 Uesli

“Aston Villa”: Nyuland, Konsa, Al-Muxammadi, Teylor, Chester (Xoz, 77), Lensberi, Xurixeyn, Trezege, Duglas Luis, Xota, Kojia (Uesli, 73)

“Liverpul”: Kellexer, Gallaxer, Xuver (Norris, 82), van der Berg, Boys, Keyn, Chirivelya, Xill, Kristi-Devis (Klarkson, 77), Longstaff (Birn, 65), Elliot

Ogohlantirish: Kristi-Devis (41)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar