Daryo

Liga 1. PSJ yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi, Mbappedan dubl

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 18-turi doirasida 3 ta bahs nihoyasiga yetdi

1 daqiqa o‘qish24 599 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 18-turi doirasida 15-dekabr, yakshanba kuni 3 ta bahs nihoyasiga yetdi.

Foto: Reuters

Tomas Tuxel qo‘l ostidagi Parijning PSJ klubi mehmonda “Sent-Enyenn”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida parijliklar jamoasi vakillari Leandro Paredes (9), Kilian Mbappe (43, 89) hamda Mauro Ikardi (72) birin-ketin raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Natijada Parij klubi “Sent-Etyenn” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, yirik hisobda g‘alaba qozondi (4:0).

Qayd etish joiz, bellashuvning 25-daqiqasida mezbon jamoa yarim himoyachisi Jan-Ed Axolu hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan PSJ ochkolari sonini 42 taga yetkazib oldi. “Sent-Etyenn” esa 25 ochko to‘plab, 11-o‘rinda bormoqda.

Liga 1

18-tur bahslari

15-dekabr, yakshanba

“Bordo”—“Strasburg” 0:1

Gol: 0:1 — 11 Ajork

“Lion”—“Renn” 0:1

Gol: 0:1 — 89 Kamavinga

“Sent-Etyenn”—PSJ 0:4

Gollar: 0:1 — 9 Paredes, 0:2 — 43 Mbappe, 0:3 — 72 Ikardi, 0:4 — 89 Mbappe

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar